Uzbekistan Airways barcha xalqaro qatnovlarni to‘xtatdi
Jamiyat
−
15 mart 2020
8714Avvalroq, ertaga, 16 martdan boshlab barcha mamlakatlar fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi shuningdek, o‘zbekistonliklarning xorijga chiqishiga ham taqiqlar joriy etilgani haqida xabar bergandik. Mazkur xabar ortidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Hurmatli yo‘lovchilar! O‘zbekiston Respublikasi hukumati mamlakatda koronavirus COVID-19 kasalligi birinchi marta aniqlanganligi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan joriy yilning 16 martidan boshlab xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarning bekor qilinishi haqida xabar beramiz", deyiladi bayonotda.
Ertaga, 16 mart kuni faqat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:
HY-426 — Dehli - Toshkent
HY-103/104 — Toshkent - Riga - Toshkent
2020 yil 16 martda quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:
HY-231/232 - Toshkent - Frankfurt - Toshkent
HY-271/272 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY-273/274 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY-275/276 - Samarqand - Istanbul - Samarqand
HY-333/334 - Toshkent - Dubay - Toshkent
HY-421 - Toshkent -Dehli
HY-603/604 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY-613/614 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY-601/602 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY-605 - Samarqand - Moskva
HY-626- Moskva - Farg‘ona
HY-627 - Farg‘ona-Moskva
HY-628 - Moskva - Farg‘ona
HY-637/638 - Urganch - Sankt-Peterburg - Urganch
HY-639 - Samarqand - Sankt-Peterburg
HY-667/668 - Toshkent - Novosibirsk - Toshkent
HY-691/692 - Toshkent - Tyumen - Toshkent
HY-709/710 - Toshkent - Minsk - Toshkent
HY-712 - Sankt-Peterburg - Termiz
HY-717 - Toshkent - Dushanbe
HY-721/722 - Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent
HY-763/764 - Toshkent - Olma-ota - Toshkent
HY-777/778 - Toshkent - Bishkek - Toshkent
Shuningdek, xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha keyingi aviaqatnovlar bekor qilindi.
Xalqaro qatnovlarni to‘xtatish joriy yilning 5 apreligacha rejalashtirilgan. Yangiliklarni kuzatib turing.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi