Uzbekistan Airways: Kuala-Lumpurda yoz faslini uzaytiring
Biznes
−
16:58 490 3 daqiqa
O‘zbekistonga kuz salqini kirib kelganda, kunlar qisqarib, quyoshni ko‘proq ko‘rgingiz keladi, ayniqsa shuni bilish yoqimli: yozni keyingi mavsumgacha kutish shart emas. Ba’zan shunchaki yo‘nalishni tanlash kifoya – bir necha soatdan so‘ng Kuala-Lumpurning tropik ko‘kalamzori, yorqin chiroqlari va iliq havosi og‘ushida bo‘lasiz.
.jpg)
Malayziya poytaxti ilk daqiqalardanoq hayratga sola oladi. Bu yerda ko‘zni qamashtiruvchi osmono‘par binolar o‘ziga xos kvartallar va ibodatxonalar bilan yonma-yon joylashgan, megapolis shovqini o‘rnini yashil bog‘larning sokinligi egallaydi, bir burilish ortida zamonaviy savdo markazi, boshqasida esa xushbo‘y ko‘cha taomlari va shaharning butunlay o‘zgacha sur’ati kutib olishi mumkin.
.jpg)
Kuala-Lumpur ayniqsa shunisi bilan jozibaliki, bu yerda har kim o‘ziga xos sayohat rejasini tuzishi mumkin. Hayratlanarli zamonaviy me’morchilik qurshovida kun o‘tkazish, xaridga chiqish, malay, xitoy va hind taomlarini tatib ko‘rish, tropik bog‘larda shoshilmasdan sayr qilish yoki shunchaki Janubi-sharqiy Osiyoning eng yorqin megapolislaridan birining hayotini kuzatish mumkin.
Agar sayohatni davom ettirishni istasangiz, Kuala-Lumpur Malayziyaning boshqa yo‘nalishlariga borish uchun qulay tutashuv nuqtasi bo‘lishi mumkin. Interlayn-kelishuv tufayli butun yo‘nalishni – masalan, Langkavigacha yoki Borneoning Malayziya qismigacha – yagona aviachipta bilan rasmiylashtirish va bagajni oxirgi manzilgacha ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Ortiqcha to‘xtashlarsiz va qayta ro‘yxatdan o‘tishlarsiz – faqat bitta tutashuv va Malayziyani o‘zingiz uchun kashf etish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar.
.jpg)
Bunday sayohatni rejalashtirish yanada qulayroq bo‘ladi. Oktyabr oyining oxiridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga to‘rt martagacha oshiradi.
- Toshkentdan parvozlar chorshanba va yakshanba kunlari soat 23:05, payshanba kunlari soat 17:50, shanba kunlari soat 07:40 da amalga oshiriladi.
- Kuala-Lumpurdan qaytish parvozlari dushanba va payshanba kunlari soat 11:00, juma kunlari soat 05:50, shanba kunlari soat 19:40 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bunday jadval ko‘proq erkinlik beradi: to‘laqonli ta’tilni rejalashtirish, bir necha kunlik taassurotlarga boy sayohat uyushtirish yoki Janubi-sharqiy Osiyoning bir nechta yo‘nalishlari bo‘ylab yo‘nalish tuzish mumkin. Sayohatga qadam qo‘yish yanada osonlashdi: bir tomonlama aviachipta narxi 3 235 000 so‘mdan boshlab, borish va qaytish esa 6 357 000 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways mobil ilovasi (Google Play va App Store’da yuklab olish mumkin), Uzbekistan Airways Sales filiali hamda rasmiy agentliklardan xarid qilishingiz mumkin.
Faqat sanalarni tanlash, chamadonni yig‘ish va tropiklar, yangi taassurotlar va yorqin kashfiyotlar sari yo‘l olish qoldi. Uzbekistan Airways esa ularga borish yo‘li qulay bo‘lishi va har qanday samo kengliklarida o‘zingizni uydagidek his qilishingiz uchun g‘amxo‘rlik qiladi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi