Zelenskiy effekti: O‘zbekiston samolyoti Rossiyaga kira olmadi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways’ning Toshkent–Moskva yo‘nalishidagi HY603 reysi Rossiyadagi ayrim aeroportlarda joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab ortga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, HY604 Moskva–Toshkent qaytish reysining parvozi ham kechiktiriladi.

Bundan tashqari, HY9609 Termiz–Moskva reysi Sankt-Peterburgdagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan. Shu sababli HY9622 Vnukovo–Andijon va HY9621 Andijon–Vnukovo reyslari ham kechiktirilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, barcha qarorlar joriy vaziyatni hisobga olgan holda va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilinmoqda.

“Yo‘lovchilardan aviakompaniyaning rasmiy axborot resurslaridagi yangilanishlarni kuzatib borishlarini so‘raymiz. Qatnovlarning kelgusida bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududini yopish haqidagi bayonotidan so‘ng Moskvadagi 3 ta yirik aeroportda 77 ta reys kechiktirilgani yoki bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing