Usmonovning kompaniyasi “Kapitalbank” aksiyalarini sotib oldi
Jamiyat
−
26 noyabr 2021
11195Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli “USM Holding” kompaniyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan “Telekominvest” “Kapitalbank”ning 215,3 milliard so‘mlik aksiyalarini sotib oldi. Bu haqda bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Alisher Usmonovga tegishli “Telekominvest” “Kapitalbank”ning 65 million 973 ming 307 dona aksiyasini sotib olgan. Aksiyalarning umumiy qiymati 215,3 milliard so‘mni tashkil etgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi, tadbirkor Oybek Tursunov “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat bankining 34,10 foiz aksiyasini sotib oldi. Natijada uning ushbu bankdagi ulushi 50 foizga yetdi.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni tuzilgan bitimga ko‘ra, Tursunov egalik qiladigan aksiyalar soni 112 490 703 donani tashkil qilgan. Bu umumiy aksiyalarning 34,1 foizi degani. Avval sotib olinganlarini ham qo‘shganda Tursunov qo‘lida 164 927 890 dona aksiya jamlandi.
LiveBarchasi