Özbekistonda aksiya ötkazib, yutuqni bermaganlarga iş qözğatildi
Jamiyat
−
14:47 983 3 daqiqa
Özbekistonda 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasida ötkazilgan aksiyalar tekşirilib, 65 ta muammo va kamçilik aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, örganişlar davomida jami 116 ta aksiya va çegirma tahlil qilingan. Ayrim savdo nuqtalarida e’lon qilingan çegirmalar amalda boşqaça qöllanilgan, aksiya şartlari töliq tuşuntirilmagan, şuningdek, ğoliblarga va’da qilingan sovrinlar berilmagan.
Xususan, Andijon viloyatida “Water Life Mineral” MÇJ tomonidan ötkazilgan “Orzu uşalsin” aksiyasida uç nafar iştirokçiga jami 60 mln sömlik sovrin topşirilmagan. Uşbu holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan iş qözğatilib, iste’molçilar huquqlari buzilgani böyiça tegişli qaror qabul qilingan va körsatma berilgan.
Namangan viloyatida esa “Namangan avtotexxizmat” MÇJ aksiyasida Chevrolet Cobalt avtomobilini yutib olgan fuqaroga yutuği berilmagan. Telefon raqami notöğri terilgani sababli ğolib bilan boğlaniş imkoni bölmagan va avtomobil boşqa şaxsga topşirilgan. Raqobat qömitasi aralaşuvidan söng maşina haqiqiy ğolibga qaytarilgan.
Şuningdek, Namangandagi “Baldini” dökonida 50 foizlik çegirma e’lon qilingan bölsa-da, mahsulotlarda narxnomalar bölmagan. Buxoro şahridagi “IDEA” dökonida esa 20, 50 va 60 foizlik çegirmalar mahsulotning umumiy narxiga emas, muddatli tölovning oylik tölovlariga nisbatan qöllanilgan.
Samarqand viloyatida “Samarqand Avtotexxizmat” MÇJ avtomobil xarid qilgan mijozlarga maişiy texnika sovğa qiliş aksiyasini ötkazgan. Biroq sovğalar faqat Chevrolet avtomobili uçun töliq oldindan tölov qilgan xaridorlarga berilişi belgilangan. Muddatli tölov asosida avtomobil olganlar va yuridik şaxslar aksiyada iştirok eta olmagan. Örganiş natijasida qoidabuzarliklar aniqlanib, korxonaga bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.
Qaşqadaryo viloyatida “IDEA” brendi tomonidan smartfonlarni bölib tölaş asosida xarid qilişga oid aksiyalar reklamasida ham kamçiliklar kuzatilgan. Jumladan, aksiyadagi mahsulotlar soni, ularning oldingi 30 kun davomidagi eng past narxlari va “1+1” aksiyasida qöşimça qaysi mahsulot berilişi aniq körsatilmagan.
Ma’lumotlarga köra, aniqlangan 65 ta kamçilikning 59 tasi, ya’ni 90,7 foizi huquqiy tuşuntirişlar va ogohlantiriş xatlari orqali bartaraf etilgan. Törtta tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan iş qözğatilib, tegişli qaror va körsatmalar berilgan. Iste’molçilar foydasiga esa qariyb 250 mln söm qayta hisob-kitob qilingan.
Qömita aksiya va çegirmalar ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida yangi raqamli mexanizmlarni joriy etiş böyiça takliflar tayyorlamoqda.
Jumladan, QR-kod orqali mahsulotning avvalgi narxlari va çegirmaning haqiqiy miqdorini tekşiriş, aksiya şartlarini boşlanişidan oldin elektron tizimda qayd etiş hamda mahsulotlar narxlari tarixini raqamlaştiriş taklif etilmoqda.
Qömitaga köra, bu çoralar çegirmalar şaffofligini oşiriş, xaridorlarni çalğituvçi holatlarning oldini oliş va iste’molçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yilning sakkiz oyida tekşirilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi sifat talablariga javob bermagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr