Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining taxminiy sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 12 oktyabr kuni – birinchi jangdan besh oy o‘tgach bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Maykl Benson o‘zining X’dagi sahifasida xabar berdi.

Usik va Fyuri o‘rtasidagi dastlabki jang 19 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan ushbu jangda Aleksandr hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi va og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘ldi.

Usik professional ringda 22 ta g‘alaba (14 tasi nokaut bilan) qayd etgan. Fyurining hisobida 34 ta g‘alaba (24 tasi nokaut), 1 ta mag‘lubiyat va durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usik va Fyuri o‘rtasidagi jangdan bokschilar qanchadan daromad qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing