Unutilgan Sovet “Lunoxod”i 40 yil o‘tib Oydan signal yubordi

Bu qiziq

image

1971 yilda aloqa uzilgan sovet apparati “Lunoxod-1” kutilmagan tarzda yana olimlarning e’tibor markaziga tushdi. Apparat Oy yuzasidan signal qayd etilganini aniqladi. Bu haqda “Spacedaily” nashri xabar qildi.

“Lunoxod-1” Yer yo‘ldoshiga 1970 yil noyabr oyida “Luna-17” missiyasi doirasida yetkazilgan. Dastlab apparat qisqa muddat ishlashi rejalashtirilgan, ammo u qariyb bir yil faoliyat yuritib, Oy yuzasi bo‘ylab taxminan 10,5 kilometr masofani bosib o‘tgan hamda Yerga ko‘plab suratlar va ilmiy ma’lumotlarni yuborgan.

Apparat bilan aloqa 1971 yil kuzida butunlay yo‘qolgan. Vaqt o‘tishi bilan olimlar unga o‘rnatilgan lazer qaytargichdan ham foydalana olmay qolgan, chunki “Lunoxod-1”ning aniq koordinatalari yo‘qolgan. Vaziyat faqat 2010 yilda o‘zgargan. Amerikaning “Lunar Reconnaissance Orbiter” zondi Oy yuzasining batafsil suratlarida apparatni aniqlagan. Shundan so‘ng, tadqiqotchilar “Lunoxod” tomon lazer impulsi yuborib, kuchli javob signali olgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, sovet apparatidagi qaytargich hatto “Lunoxod-2”nikidan ham samarali chiqqan. Ilk o‘lchovlarda apparat taxminan 2 ming fotonni qaytargan. Bu esa, avvalgi 750 fotonlik rekorddan ancha yuqori natija hisoblanadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday lazer o‘lchovlari Yer va Oy o‘rtasidagi masofani yuqori aniqlik bilan hisoblash, shuningdek, Oy harakati va uning ichki tuzilishini o‘rganishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA’ning Artemis II missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani va Orion kosmik kemasi to‘rt nafar astronavt bilan Oy atrofini aylanib chiqib, Kaliforniya yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘ngani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy NASA Artemis II Lunoxod-1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing