“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi
Jamiyat
−
21 noyabr
6538“Umra” tadbirlarini tashkil qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta tur firma tanlov g‘olibi deb topildi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
Sayyohlik firmalarining 6 tasi Toshkent shahrida, 3 tasi Namangan viloyatida joylashgan. Shuningdek, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham bittadan litsenziyaga ega firmalar joylashgan.
* Reklama qonunchiligiga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan firmalar e’lon qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Umra" ziyorati xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdori BHMning 200 baravari (75 million so‘m) etib belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 300-sonli qarori bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyasining shartlari qatorida 1 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yish ham belgilangan.
LiveBarchasi