Umra safarida fuqarolarni sarson qilgan turfirmalar vaqtincha yopiladi
3-sahifa
−
24 fevral
7325Avvalroq, fuqarolarning “Gulbahor airways” tur firmasi tomonidan Umra ziyoratiga yuborilgan, ammo “Ponorama airways” xususiy aviakompaniyasining reyslarida uzilishlar bo‘lgani oqibatida mamlakatga qaytolmay qolgani haqida xabar bergandik. Endilikda ushbu ishga aloqador tur kompaniyalari ustidan tekshiruv boshlandi hamda ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilishi belgilandi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, xususiy aviakompaniya parvozlarining kechikishi oqibatida Umra tadbirlari vaqtida moddiy va ma’naviy jabr ko‘rgan fuqarolardan olingan ma’lumotlar asosida Transport prokuraturasi tomonidan Turizm qo‘mitasiga xat yuborilgan. Shundan so‘ng, mazkur holat yuzasidan Turizm qo‘mitasi tomonidan turistik korxonalar tahlil qilingan. Murojaat xatida keltirilgan dastlabki turistik korxonalar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Transport prokuraturasiga mutaxassis ajratilgan.
“Transport prokuraturasi bilan birgalikda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan turistik korxonalarning identifikatsiya raqamiga (STIR) aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar yakunlangandan so‘ng, jinoyat ishi ochilgan korxonalarning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib turilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ziyoratchilarning O‘zbekistonga qaytolmay qolishi ortidan “Ponorama airways” xususiy aviakompaniyasi mansabdori qamoqqa olingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr