6 kişini Umraga yuborişni va’da qilib, $6 900 talab qilganlar uşlandi
3-sahifa
−
09:25 380 2 daqiqa
Farğona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan minglab dollar olgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligining hududiy boşqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Farğona şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasining norasmiy işçisi tegişli ruxsatnomaga ega bölmay turib, 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 2500 AQŞ dollari talab qilgani aniqlangan. U 2450 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şunga öxşaş holat Andijon viloyatining Şahrixon tumanida qayd etilgan. Xususan, noqonuniy faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi 4 nafar fuqaroni Umra amallarini bajarişlari uçun muborak safarga yuboriş evaziga 4400 AQŞ dollari talab qilgan.
DXX Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u otasi bilan birgalikda 4300 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan 6995 dollar olgan ikki şaxs uşlangandi.
Live
Barchasi