Ummon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

Olam

image

Ummon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda Ummonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar Ummonga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab Ummon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandga 60 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga ko‘paygani, 36 ta yangi davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilgani xabar qilingandi. Ushbu masala bo‘yicha O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi. Tailand TIV Konsullik departamenti ma’lumotiga ko‘ra, viza rejimining uzaytirilishi to‘g‘risida hozircha rasman hech qanday ma’lumot e’lon qilingani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ummon vizasiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing