Umid Ahmadjonov BAAFA prezidenti bilan uchrashdi
Sport
−
09 noyabr 2020
11417Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, BAA futbol assotsiatsiyasi prezidenti va Ajman shahri meri Rashid bin Humaid Al-Nuaymiy bilan uchrashdi.
Ahmadjonovga Osiyo Olimpiya Kengashining xalqaro aloqalar qo‘mitasi a’zosi va Kurash xalqaro assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov hamrohlik qilmoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar BAA futbol assotsiatsiyasi va BAAFA bilan uzoq yillik do‘stlik munosabatlariga ega bo‘lgan Umid Ahmadjonov o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilganlar.
Ahmadjonov uchrashuvda BAA futbol assotsiatsiyasi faoliyati nafaqat BAAda, balki Osiyo va dunyoda futbolni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlagan.
Muzokaralar chog‘ida Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan to‘rt yil avval boshlangan oshkoralik siyosati va keng ko‘lamli islohotlar sabab Yangi O‘zbekiston barcha sohalarda, jumladan, sport va futbolda jadal rivojlanib borayotganini qayd etgan.
Shuningdek, Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh boshchiligida koronavirus pandemiyasi oqibatlarini muammosiz bartaraf etish uchun butun Osiyo bo‘ylab sport harakatini va uning a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganini qo‘shimcha qilgan.
Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qilib va samarali hamkorlikning davom etishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning may oyida Umid Ahmadjonov MOQ Prezidentligi va iyun oyida O‘FA birinchi vitse-prezidentligidan iste’foga chiqqandi. U 2019 yilning mart oyida Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan.
LiveBarchasi