Zlatko Dalich Osiyodan o‘ziga ish topdi
Sport
−
10:20 402 1 daqiqa
Xorvatiyalik Zlatko Dalich BAA milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda BAA futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Dalich Xorvatiya terma jamoasini to‘qqiz yil boshqarganidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.
“Xush kelibsiz, Zlatko Dalich! BAA futbol assotsiatsiyasi xorvatiyalik mutaxassisni milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlaganidan mamnun”, deyiladi assotsiatsiya bayonotida.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik mutaxassisning shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
BAA terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi, ruminalik Kosmin Oleroyu may oyida jamoa Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli Dalich rahbarligida Xorvatiya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
2026 yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqqan, ammo 1/16 finalda Portugaliyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Dalich bunga qadar Xorvatiyaning “Riyeka” va “Slaven”, Saudiya Arabistonining “Al-Faysaliy” va “Al-Hilol” hamda BAAning “Al-Ayn” klublariga murabbiylik qilgan.
Live
Barchasi