Ulug‘bek Rashidov Tayyuan Gran-Prisida sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Taekvondo  bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ulug‘bek Rashidov Tayyuan Gran-Prisida bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo  WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida G6 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston nomidan -68 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Ulug‘bek Rashidov terma jamoa hisobiga bronza medalini keltirgan. 

U bugun, 11 oktyabr kuni musobaqaning yarim final jangida koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Rashidov bungacha mo‘g‘ulistonlik Buyanshagai Enhboldni, eronlik Matin Rezaini hamda xorvatiyalik Marko Golubichni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shuningdek, -80 kilogramm vazn toifasida bahslarga kirishgan Jasurbek Jaysunov Tayyuan Gran-Prisi bronza medali sovrindoriga aylangan. Ahamiyatlisi u ham yarim final jangida koreyalik raqibiga imkoniyatni boy bergan. Jasurbek bungacha Shuhrat Salayevni, misrlik Seif Eissani hamda eronlik Mirhoshim Hosseynini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioniga aylangan edi. Shuningdek, Jasurbek Jaysunov ham Osiyo o‘yinlarida muvaafaqqiyatli ishtirok etib, jamoaviy bahslardagi g‘alaba evaziga musobaqa bronza medaliga ega chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

bronza Ulug'bek Rashidov taekvondo WT Gran-Pri Tayyuan Jasurbek Jaysunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing