O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
17:00 301 1 daqiqa
Bugun, 23 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 4-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun dasturidan o‘rin olgan ushu bahslarida o‘zbekistonlik Doniyor Turg‘unboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Sanda dasturining -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Doniyor Turg‘unboyev yarim finalga qadar yetib bordi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda u eronlik sportchiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu medal O‘zbekiston delegatsiyasi uchun joriy Osiyo o‘yinlaridagi ushu bahslaridagi uchinchi medal bo‘ldi. Bunga qadar Darya Latisheva kumush, Saydullo Abdurashidov esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu bronza medaldan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 9 taga ( 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) yetdi. Hozirda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 14-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi