Rasuljon Abdurahimov Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
14:50 568 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 6-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi sport gimnastikasi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi bronza medalga ega chiqdi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasuljon Abdurahimov qo‘shpoyadagi mashqlar dasturida 14,433 ball jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi va 2026 yilgi Osiyo o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Rasuljon Abdurahimov O‘zbekiston delegatsiyasiga bugungi, 25 sentyabr kungi dasturlardagi 4-medalni olib keldi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 30 taga (6 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.