Doston Ro‘ziyev “Katta dubulg‘a” turnirining bronza medaliga ega chiqdi

Sport

image

Bugun, 27 fevral kuni Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Dastlabki kunda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Doston Ro‘ziyev musobaqasidagi dastlabki medaliga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ro‘ziyev bronza medali uchun bellashuvda gruziyalik Luka Gadeliyani mag‘lubiyatga uchratib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa bugun, 27 fevraldan boshlanib, 1 mart kunlariga qadar Toshkentda o‘tkaziladi. Unda barcha qit’adan 400 nafarga yaqin sportchi medallar bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo bronza “Katta dubulg'a” Doston Ro'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing