Ukrainani Rossiya bilan urushga yetaklagan xatolar aytildi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun zarur shart-sharoitlar mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan kundan boshlab yaratilgan. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov “Suspilnomu”ga bergan intervyusida aytdi.

Uning ta’kidlashicha, bir qator xatolar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga olib kelgan. Asosiy xato, ukrainaliklar Rossiya Federatsiyasini o‘zlarining do‘stlari va birodarlari deb bilganidir.

“1991 yildan boshlab asosiy xato — qo‘shnimiz go‘yoki do‘stimiz, birodarimiz va qandaydir hamkorimizdir. 1991 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasida mamlakatimizga oid savollar hech qachon kun tartibidan chiqmagan. Ularda bizni qulga aylantirish, yo‘q qilish istagi oldindan bo‘lgan”, deydi Danilov.

Uning fikricha, avvaldan fundamental xatolar bo‘lgan. Xususan, Rossiya 1991 yildan beri Ukrainaning yuqori rahbariyatini gaz va neft deb atalmish masalalar, mamlakatdagi hokimiyatning eng yuqori pog‘onasidagi korrupsiya masalalari bilan korporatsiya qila boshlagan.

“Biz bilan birga hokimiyatda bo‘lgan barcha Prezidentlar va Bosh vazirlar mashhur “gaz quvuri” orqali Rossiya Federatsiyasining ilgagiga tushdi. Bu asosiy narsalardan biri edi. Katta ruslashtirish bor edi. Bizning biznesimiz, siyosatimiz, axborot makonimiz va hayotning boshqa jarayonlari. Ular buni amalga oshirish uchun katta mablag‘larni sarmoya qilgan. Korxonalarimizni sotib olib, keyin ularni vayron qildi. Mamlakatimizni butunlay ruslashtirish boshlandi. Agar hayotimizning barcha jabhalarida shu ruslashtirishdan qutulmasak, 10-15-20-30 yilda Rossiya bilan  yana urush qilishimiz mumkin. Bu yerda qandaydir orzular bilan yashashning hojati yo‘q. Bu biz uchun fundamental muammo, bizning omon qolishimiz, mamlakatimizning omon qolishi masalasidir”, deydi Danilov.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing