Ukraina NATOga qo‘shilishi uchun uning standartlariga javob berishi kerak – Oq uy
Olam
−
06 iyul 2023
3711Ukraina islohotlarni amalga oshirishi va NATOga qabul qilinishidan oldin boshqa davlatlar kabi alyans standartlariga javob berishi kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
“AQSH Prezidenti Jo Bayden yana bir bor ta’kidladi: Ukraina alyansga qo‘shilishidan oldin NATOning boshqa har qanday davlati kabi standartlarga javob berishi uchun islohotlar o‘tkazishi kerak. Uning fikricha, Ukraina bunga erisha oladi”, deydi Karin Jan-Per.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha har qanday qaror 31 ittifoqchi va intiluvchi davlat tomonidan qabul qilinadi.
“Biz NATOning ochiq eshiklar siyosatiga sodiqmiz. Ukraina haqida gap ketganda, biz NATOdagi ittifoqchilarimiz va Ukraina bilan birgalikda Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish intilishlarini qanday qo‘llab-quvvatlashimiz mumkinligini muhokama qildik, ammo men tafsilotlarga to‘xtalmayman va maxfiy muzokaralar haqida gapirmayman”, deydi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy hammasi Baydenga bog‘liqligini aytib, Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirgandi.
LiveBarchasi