Ukraina Qrim ko‘prigini buzishga aloqadorligini tan oldi

Olam

image

Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Qrim ko‘prigining portlatilishi ortida Kiyev turganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Rossiyaliklarning logistikasini buzish maqsadida Qrim ko‘prigiga birinchi zarba berilganiga 273 kun bo‘ldi", deb yozgan vazir o‘rinbosari.

Qrim ko‘prigi 2022 yilning 8 oktyabr kuni portlatilgandi. Portlash oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Ko‘prikda avtomobillar harakati 2023 yil fevral oyida to‘liq tiklangan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terrorchilik harakati bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan tergov olib bormoqda. Rossiya bu ishda Ukrainani ayblagandi.

O‘sha vaqtda Ukraina bu falokatga aloqadorligini tan olmagandi.

Bundan tashqari, joriy yilning 3 iyul kuni Rossiya “Vagner” jangchilari qiymati qariyb 4 milliard dollarlik Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganidan xavotir bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim ko'prigi Anna Malyar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing