“Vagner” Qrim ko‘prigini portlatib yuborishi mumkin – OAV

Olam

image

Rossiya “Vagner” jangchilari qiymati qariyb 4 milliard dollarlik Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganidan xavotirda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi

Aytilishicha, hozirda Qrim yarim oroliga sayohat qilayotgan sayyohlar yetti soatgacha navbatda turishga majbur bo‘lmoqda, chunki xavfsizlik xodimlari har bir mashinadan portlovchi moddalarni qidirmoqda.

Dam olish kunlarida ko‘prik atrofida intensiv tekshiruvlar ham o‘tkazilgan. Bildirilishicha, Moskva norozi “Vagner” isyonchilari yollanma qo‘shinlar amalda tarqatib yuborilganidan keyin hujumni rejalashtirishi mumkinligidan qo‘rqib, shay holatga kelmoqda.

Manbaga ko‘ra, hozirda “Vagner” jangchilari o‘zlarining g‘azabidan hujum uyushtirishi, Putin o‘tgan oy qurolli qo‘zg‘olonni to‘xtatish evaziga xususiy armiya rahbari Yevgeniy Prigojin bilan kelishuvni buzishi mumkinligidan xavotir bor.

Bundan tashqari, InformNapalm xalqaro razvedka hamjamiyati ham Qrimdagi ehtimoliy sabotaj haqida ogohlantirgan. Shuning uchun Rossiya kuchlari tekshiruvlar kuchaytirib, hatto bolalarni va mashinalarning eng ichki qismlarini ham tekshirishni boshlagan.

“Vagner”ning ko‘plab jangchilari o‘zlariga berilgan tanlovdan va xususiy yollanma guruhning yo‘q qilinganidan norozi ekani aytiladi”, deyiladi maqolada.

Aytish joizki, Qrim nafaqat “Vagner”, balki Ukraina uchun ham potensial nishonga aylangan. Yarim orol hozirda Kiyevga Buyuk Britaniya tomonidan taqdim etilgan "Storm Shadow" raketalari yetib bora oladigan masofada joylashgan, biroq sayyohlar dam olish uchun u yerga borishdan tiyilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim Ukrainaga qaytmaguncha urush tugamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim ko'prigi Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing