Ukraina “buyuk xo‘jayinlar”ning dasturxonidagi taom bo‘lishini istamayman – Zelenskiy
Olam
−
07 dekabr 2019 6009 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakati nisbatan kuchli davlatlar ta’siriga tushmay, teng huquqli, mustaqil bo‘lishini istashini aytdi. Bu haqda u “Savik Shusterning so‘z erkinligi” teledasturida aytib o‘tdi.
Prezident “Time” jurnalida o‘ziga bag‘ishlangan maqola atrofidagi bahslar ortidan shunday fikr bildirdi. Maqolada Zelenskiy AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida qolgani aytiladi.
“Bilasizlarmi, stol atrofida katta xo‘jayinlar, imperiya vakillari o‘tirganida biz (Ukraina) ularga beriladigan taom bo‘lishimizni istamayman. Men bu dasturxon atrofida o‘tirishimizni va teng huquqli, kuchli mamlakat bo‘lishimizni istayman”, dedi Zelenskiy.
Avvalroq, mashhur amerika nashri “Time” ilk bor Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy suratini jurnal muqovasiga joylashtirgani haqida xabar bergan edik. Zelenskiy Tramp va Putin o‘rtasidagi odam sifatida talqin qilingan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr