Ukraina Baxmut Rossiya tomonidan egallanganini rad etdi

Olam

image

Avvalroq “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin 224 kunlik hujum operatsiyasidan keyin Baxmut to‘liq nazoratga olinganini aytgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ukraina Qurolli kuchlari Prigojinning ushbu da’vosini rad etib chiqdi. 

“Meduza” nashrining xabar berishicha, Ukraina bo‘linmalari shaharning boshqa qismida joylashgan va bu hududlar hamon uning nazorati ostida qolmoqda. 

“Bizning bo‘linmalarimiz shaharning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Ular bizning mazkur pozitsiyalarimizni himoya qiladi va dushmanga ularni egallashiga yo‘l qo‘ymaydi. Dushman uchun bunday axborot to‘lqinini tarqatib yuborish juda muhim, Chunki ular to‘qqiz yarim oydan ko‘proq vaqt davomida viloyat markazini egallab ololmayapti va bundan tashqari, katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Ukraina Qurolli kuchlari vakili Sergey Cherevatiy.


Maqola muallifi

Teglar

Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing