Ukraina kuchlari Baxmut yo‘nalishida 3 km. kv. hududni ozod qildi
Olam
−
04 Sentabr 2023 7963 1 daqiqa
Ukraina qo‘shinlari o‘tgan haftada Baxmut yo‘nalishida 3 kilometr kvadrat hududni ozod qildi. Umumiy hisobda Baxmut yaqinida 47 kilometr kvadrat hudud ozod qilingan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi.
“Baxmut yo‘nalishida dushman qo‘shinlarimizning oldinga siljishini to‘xtatish uchun mudofaa operatsiyalari o‘tkazmoqda va Donetsk viloyatidagi Klescheyevka, Kurdyumovka, Ozaryanovka hududlaridagi yo‘qolgan pozitsiyasini tiklashga urinishlarini muvaffaqiyatsiz amalga oshirmoqda”, deb yozadi Malyar.
Shuningdek, u Klesheyevka hududida ma’lum muvaffaqiyatlar borligini ta’kidlagan.
“Kupyansk yo‘nalishida mudofaa kuchlarimiz bir kunda dushmanning bir nechta hujumlarini qaytaryapti va ularning oldinga siljishiga yo‘l qo‘ymayapti, biroq rossiyaliklar tomonidan hujumlar soni yuqoriligicha qolmoqda”, deydi vazir o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari Liman yo‘nalishida qo‘shinlarini qayta to‘playapti. Avdeyevka va Marin yo‘nalishlarida Rossiya armiyasi o‘zining taktik pozitsiyalarini yaxshilash uchun oldinga siljishga harakat qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025