Ukraina qo‘shinlari Baxmut yo‘nalishidagi muhim hududni egalladi
Olam
−
18 Sentabr 2023
5648Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatining Baxmut yo‘nalishidagi Klesheyevka qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari sharqiy guruhi matbuot xizmati rahbari Ilya Yevlash ma’lum qildi.
“Biz ozodlikni tasdiqlaymiz. 80-alohida havo hujumi brigadasining bo‘linmalari, 5-alohida hujum brigadasi, shuningdek, milliy politsiyaning “Lyut” qo‘shma hujum brigadasi. Klesheyevka ozod qilindi. U Ukrainaniki”, deydi u BBC’ga bergan sharhida.
Kechki murojaatida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qishloqni ozod qilgan harbiylarga minnatdorlik bildirgan.
Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ushbu operatsiyada 95-havo hujumi brigadasi ham ishtirok etganini qo‘shimcha qilgan.
Joriy yilning 15 sentyabr kuni Ukraina Baxmut yaqinidagi va shaharning ta’minot liniyalariga yaqin joylashgan yana bir aholi punkti Andreyevkani ozod qilganini e’lon qilgandi.
“Ikki qishloq ustidan nazorat Ukraina Qurolli kuchlariga Baxmutni o‘rab olishga imkon beradi, bu esa janubdan shaharga olib boriladigan logistika yo‘llarini to‘sib qo‘yishga yaqinlashtiradi”, deb yozgan nashr.
Iyul oyida Ukraina Qurolli Kuchlari sharqiy guruhining rasmiy vakili Sergey Cherevatiy Andreyevkaning ozod etilishi Ukraina qo‘shinlarining taktik pozitsiyasini yaxshilashini va Baxmutni o‘rab olishga yoki rus armiyasini undan siqib chiqarishga imkon berishini bildirgandi.
Baxmutni o‘rab olish uchun asosiy bo‘lgan hududlar – Andreyevka, Klesheyevka va Kurdyumovka edi. Rossiya shu yilning may oyida Baxmut ustidan nazoratni o‘rnatgan.
LiveBarchasi