Ukraina qo‘shinlarining yillik xarajati qancha ekani ochiqlandi

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlarning yillik xarajati 2 trillion grivnaga (deyarli 55 milliard dollar) teng. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigalga tayanib, “Ukrinform” agentligi xabar berdi.

“Qurolli kuchlar va urushga sarflanadigan mablag‘ yiliga 2 trillion grivnaga yaqin. Bu tinchlik davridagi byudjetning daromad qismidan ham ko‘proq”, degan Shmigal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda davlat hamkorlarning moliyaviy ko‘magi, shuningdek, grant va kreditlar hisobidan o‘zini ushlab turibdi.

Oliy Rada Byudjet qo‘mitasi raisi Roksolana Pidlasa joriy yilda Ukraina byudjetini moliyalashtirish uchun xalqaro hamkorlardan 25,3 milliard dollar tashqi yordam jalb qilingani, bu barcha daromadlarning 49,1 foizini tashkil etishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina parlamenti 2023 yilgi davlat byudjetini 1 trillion 296 million grivna (35,1 milliard dollar) defitsit bilan qabul qilgan. Bosh vazir Denis Shmigalning ta’kidlashicha, 2023 yilgi davlat byudjeti loyihasida daromadlar 1,28 trillion grivna (taxminan 34,6 milliard dollar), xarajatlar 2,57 trillion grivna (taxminan 69,6 milliard dollar), oylik byudjet taqchilligi 3 milliard dollarga baholanmoqda. Ukraina bu taqchillikni tashqi qarzlar bilan qoplash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada urush boshlangandan beri ko‘plab davlatlar Kiyevga yordam berish uchun mablag‘ ajratadi. Ular orasida AQSHning yordami eng ko‘p sanaladi. Masalan, joriy yilning iyul oyida Vashington 1,3 milliard dollarlik harbiy yordam, Ukrainaning kichik va o‘rta biznesiga yordam berish hamda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun 230 million dollar, shuningdek, qo‘shimcha 500 million dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina qo'shinlari yillik xarajati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing