Ukraina qo‘shinlari Baxmut janubida qisman muvaffaqiyatga erishdi – Bosh shtab

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Baxmut janubidagi Kleshcheyevka hududida "qisman muvaffaqiyat"ga erishdi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi. 

Aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari qanotlarda oldinga siljishda davom etmoqda, rus qo‘shinlarini ilgari "qo‘lga olingan" chiziqlardan chiqarib yubormoqda va og‘ir janglar bo‘lmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Limanskiy, Avdeyevskiy va Marinskiy yo‘nalishlarida oldinga siljigan. Limanskiy yo‘nalishida o‘tgan kun davomida Rossiya qo‘shinlari aviatsiya ko‘magida Ukraina Qurolli Kuchlarini Karmazinovka g‘arbidagi pozitsiyalardan siqib chiqarishga uringan.

Avdeyevka yo‘nalishida esa Rossiya Pervomayskiy hududida oldinga siljigan, Novokalinovo va Avdeyevka hududlarida havo hujumlari amalga oshirilmoqda.

Marinskiy yo‘nalishida ham Marinka hududida hujumlar va Krasnogorovka yaqinida havo hujumi sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing