Ukraina ham Rossiyaga zarba berdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
03 iyul 5929 1 daqiqa
Ukraina tomonidan Rossiyaning g‘arbiy hududlariga uyushtirilgan dron hujumlari oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, bir nechta sanoat ob’ektlariga zarar yetdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belgorod shahriga uyushtirilgan hujum vaqtida snaryad parchalari tekkan avtomobilda bo‘lgan bir ayol olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shahar meri Valentin Demidovning bildirishicha, hujum oqibatida Belgorodda elektr va suv ta’minotida ham uzilishlar kuzatilgan.
Shuningdek, Ukraina Belgorod va uning atrofini raketalar bilan nishonga olishi tufayli sanoat ob’ektlaridan birida yong‘in yuzaga kelgan.
Qo‘shni Bryansk viloyatida esa kamikadze droni hujumi oqibatida bir erkak halok bo‘lgan. Viloyatning vaqtincha gubernatori Yegor Kovalchukning ma’lum qilishicha, hodisa qishloqlardan birida sodir bo‘lgan.
Bundan tashqari, Smolensk viloyatidagi sanoat ob’ektlaridan birida ham dron hujumi ortidan yong‘in chiqqan. Viloyat gubernatori Vasiliy Anoxinning ma’lum qilishicha, ushbu hodisada jabrlanganlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 iyul kuni Rossiya Ukrainaning poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirgan edi.
Live
Barchasi