O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor katta jarima to‘ladi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
6830Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari pedagoglarni kamsitib, mehnatga majburlagani uchun jarimaga tortildi
Adliya boshqarmasi, Bo‘ka tuman Adliya bo‘limi va xalq ta’limi bo‘limi xodimlari va Bo‘ka tumani Davlat mehnat huquq inspektori S.Sh.Fayziyev tomonidan 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb etilganligi aniqlangan. Natijada, maktab direktoriga 11 150 000 so‘m miqdorida jarima solingan. Bu haqda Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 31 may kuni ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani Xalq ta’lim boshqarmasiga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb etilganligi, o‘qituvchilarni majburan uyidan sudragandek olib kelishayotganligi yuzasidan tarqalgan xabarga asosan xodimlar tomonidan yul qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida Adliya boshqarmasi, Bo‘ka tuman Adliya bo‘limi va xalq ta’limi bo‘limi xodimlari va Bo‘ka tumani Davlat mehnat huquq inspektori S.Sh.Fayziyev tomonidan 2020 yil 01 iyun kuni o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur tarqalgan xabar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Bo‘ka tumani 3-umumiy urta ta’lim maktabi direktori Sunnatillayev Ahmadjon tomonidan 2020 yil 29 aprel kuni maktab o‘qituvchi xodimlarini ma’muriy tarzda mehnatga jalb qilgan holati aniqlangan. Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilganligi holati yuzasidan maktab o‘qituvchilaridan tushuntirish xatlari olinganida murojaat vajlari o‘z tasdig‘ini topganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu bilan Bo‘ka tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 may 349-son "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-modda talablariga rioya qilmaganligi holati aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Bo‘ka tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Ahmadjon Sunnatillayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51- moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik baravaricha) barobari, ya’ni 11 150 000 (o‘n bir million bir yuz ellik ming) so‘m miqdorida jarima ta’sir chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi