Navoiyda o‘qituvchilar majburan paxta terdimi?
Jamiyat
−
05 noyabr 2019
6769Navoiyda ta’til vaqtida maktab o‘qituvchilari paxta terimiga jalb qilindimi? Bu haqda O‘zA gapirmoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 5 noyabr kuni agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburan paxta yig‘im-terimiga safarbar etilgan.
“Xabarda surat va paxtaga terishga chiqqan pedogoglarning ro‘yxatlari ham ilova qilingan”, demoqda agentlik.
Agentlikka yetib kelgan xabar hali o‘z isbotini topmagani aytiladi. Shu bois “Mazkur masala yuzasidan Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati vakillari tekshiruv asosida o‘z munosabatini bildirishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, deyiladi.
Ma’lumot o‘rnida, majburiy mehnat, jumladan, ijtimoiy soha xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilishiga barham berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy nazorati ostidagi masala bo‘lib, davlat rahbari yuqori minbarlardan turib bir necha bor bu illatni tanqid qilib, kattayu kichik rahbarlarni qattiq ogohlantirgan edi.
LiveBarchasi