Qashqadaryo va Andijonda shifokor hamda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida tibbiyot xodimlari hamda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganlik holatlari aniqlandi, mas’ul shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Mehnat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasida joriy yilning 17 aprel kuni birlashma xodimlari binoning atrofida tozalik va obodonlashtirish ishlariga ishga jalb etilgani hamda 26-27 aprel kunlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda texnik xodimlarini maktabni kapital ta’mirlashga tushgan qismida ishlashga majburlangani to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilingan.

Mazkur holatlar hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib,  tegishli mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risilagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Vazirlik fuqrolardan majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lganlarida Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev dam olish kuni majlis o‘tkazgandi. Mehnat vazirligi esa buni qonuniy deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Majburiy mehnat

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing