O‘qituvchining o‘limidan keyin ommaviy hibsga olish boshlandi

Olam

image

Fransiya politsiyasi joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida maktab o‘qituvchisining vahshiylarcha o‘ldirganidan keyin o‘nlab odamlarga qarshi operatsiyalarni olib bormoqda. Qayd etilishicha, ushbu tajovuzkor harakatni internet tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlayotgan foydalanuvchilar ham tekshiruvga olinmoqda. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘qituvchining qotilini qo‘llab quvvatlagan 74 kishiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularni hisbga olish ishlari boshlangan. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda nafratni yo‘q qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirishimiz kerak. Ular o‘qituvchiga qarshi fatvo chiqarishgan. Bugun o‘qituvchi, ertaga politsiya xodimi, indinga jurnalist...”, deydi vazir.

Jinoyatni tergov qilish Fransiyaning aksilterror prokuraturasiga topshirilgan. Fransiya Prezidenti voqeani terroristik harakat deb atadi. Politsiyaning so‘nggi xabarlariga ko‘ra, hujumni tergov qilish paytida 11 kishi hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Konflan-Sent-Onorin nomli kichik shaharchada maktabning tarix fani o‘qituvchisi mudhish qotillik qurboni bo‘ldi. Qotil pichoq bilan qurollanib, maktab yonida o‘qituvchining boshini tanasidan judo qilgan. Keyin u shahar politsiyasi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi so‘z erkinligi bo‘yicha muhokamalar vaqtida sinfda “Charlie Hebdo” hajviy jurnalida e’lon qilingan payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning tahqirlovchi karikaturalarni namoyish qilgan.

"Charlie Hebdo" ishi

Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta chop etdi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi. 

Gap shundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi. 

Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. 

2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.

"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi. 

Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini so‘z erkinligining ifodasi deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Charlie Hebdo

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing