UFC'dagi tariximni yozib bo‘ldim – Mahmud Murodov
Sport
−
12 Oktabr
13207O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi hozirda “Oktagon MMA” ligasida jang qilayotgan Mahmud Murodov UFC'dagi tarixini yozib bo‘lganini, endi gal yoshlarga kelganini bildirdi.
“Hamma xeyterlarga shuni aytmoqchimanki, ha men UFC'dan ketdim. Mening bu tashkilotdagi tarixim tugadi. Endi yoshlarning davri keldi. Meni qancha tanqid qilishsa ham o‘z ustimda ishlashda davom etaman”, deydi Murodov.
Qayd etish joiz, 34 yoshli Mahmud Murodov UFC'ga kirgan birinchi o‘zbekistonlik jangchi hisoblanadi. U 2019 yil sentyabrda tashkilotda debyut qilgan. Umumiy hisobda Murodov UFC'da 7 ta jang o‘tkazib, 4 ta g‘alaba qozongan, 2 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Murodov ishtirokidagi yana bitta jang o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik boshqa bir UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning rossiyalik Renat Faxretdinovga qarshi jangi bekor bo‘lishi sabablari ochiqlangandi.