Ro‘ziboyev ustidan g‘alaba qozongan “Venom” UFC’dan ketdi

Sport

image

“Venom” laqabi bilan tanilgan angliyalik jangchi Maykl Peyj o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ustidan g‘alaba qozonganiga qaramay, UFC reytingidan chiqarildi. Bu haqda “MMA Fighting” nashri xabar berdi.

Joriy yilning 5 sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan UFC turnirida Peyj Ro‘ziboyevni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgandi. Shu tariqa u UFC’dagi oltinchi g‘alabasini qayd etdi.

Biroq mazkur jang Peyjning UFC bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so‘nggi bellashuvi bo‘ldi. UFC rahbari Dana Uayt tashkilot jangchi bilan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Peyj UFC’dagi faoliyati davomida 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Uning yagona mag‘lubiyati irlandiyalik Ien Gerriga qarshi jangda qayd etilgan. Peyj 2024 yildan buyon UFC’da ishtirok etib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing