Nursulton Ro‘ziboyev UFC’da “Venom”ga yutqazdi
Sport
−
08:23 2202 2 daqiqa
Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi. Ushbu to‘qnashuvda unga britaniyalik Maykl “Venom” Peyj raqiblik qildi.
O‘rta vazn toifasida tashkil etilgan va 3 raundga mo‘ljallangan reyting jangi to‘liq davom etdi. Birinchi raundning ilk soniyalaridayoq Ro‘ziboyev raqibini parterga olib o‘tdi va raund oxirigacha uni nazorat ostida ushlab turdi. Ikkinchi raundda jangchilar asosan tik turgan holatda harakat qildi. Biroq har ikkala sportchining kuchli zarbalari nishonga aniq tegmadi. Uchinchi raundda Peyj nisbatan faolroq bo‘ldi va yakunda barcha hakamlar 29:28 hisobida g‘alabani britaniyalik sportchiga berdi.
Bu mag‘lubiyat o‘zbekistonlik jangchi uchun MMA karerasidagi 9-mag‘lubiyat bo‘ldi (uning hisobida, shuningdek, 37 ta g‘alaba va 2 ta durang bor). Shu tariqa, Ro‘ziboyev promoushendagi yettinchi jangida imkoniyatni boy berdi. Endilikda uning UFC’dagi ko‘rsatkichlari 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.
39 yoshli Peyj UFC’da 2024 yil 9 martdan beri ishtirok etib kelmoqda. Promoushenda u 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U o‘zining oxirgi jangini 2026 yil 21 mart kuni Sem Pattersonga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Uning MMA’dagi rekordi 26 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat.
Live
Barchasi