Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi aniq bo‘ldi
Sport
−
11:14 3763 1 daqiqa
O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyev joriy yilning 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida UFC turniri o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘ziboyev Bakudagi turnirda Rossiya vakili Andrey Pulyayev bilan bahs olib boradi. Ushbu bellashuv UFC o‘rta vazn toifasidagi reyting jangi bo‘ladi.
Bakudagi UFC oqshomi markaziy jangi ozarbayjonlik yengil vazn toifasi vakili Rafael Fiziyev va meksikalik Manuel Torres o‘rtasida kechadi.
Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Andrey Pulyayevga qarshi bahs Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangiga aylanadi. Bungacha u ushbu UFC’da 5 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Nursulton Ruziboevning UFC’dagi oxirgi jangi 2025 yil 17 may kuni bo‘lib o‘tgan. U o‘shanda Dastin Stolsfusga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi