UFC 266: Volkanovski va Shevchenko chempionlikni saqlab qoldi

Sport

image

Bugun, 26 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T Mobile” arenada UFC 266 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida yarim yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamari sohibi Aleksandr Volkanovski birinchi raqamli da’vogar Brayan Ortegaga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Qiziqarli davom etgan bahs to‘liq besh raund davom etdi.
 
Jangning katta qismida ustunlikka ega bo‘lgan avstraliyalik chempion yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Uchinchi raundda Ortega raqibini uchburchauk bo‘g‘ish usuliga tushirgan edi, biroq tajribali Volkanovski vaziyatni bartaraf etdi.

Kechaning ikkinchi asosiy jangida yengil vazn chempioni Valentina Shevchenko Loren Myorfiga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jangning to‘rtinchi raundida qirg‘izistonlik Shevchenko raqibini nokautga uchratdi va 6-marta o‘z kamarini himoya qildi.

Ma’lumot uchun, ayollar o‘rtasidagi yengil vaznda o‘zbekistonlik Liliya Shakirova ham ishtirok etadi. 2020 yilning oktyabr oyida UFC’da debyut jangini o‘tkazgan Shakirova UFC 254 turniri doirasida aynan Loren Myorfiga mag‘lub bo‘lgan edi. Joriy yilning 31 avgust kuni esa Liliya Shakirovaning test namunalaridan meldoniy moddasi topilgan va 2 yilga musobaqalardan chetlatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dena Uayt UFC 266 Volkanovski Shevchenko Nik Diaz

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing