Volkanovski hakamlar qaroridan norozi

Sport

image

Avstraliyalik UFC jangchisi, yengil vazn toifasida amaldagi chempion Aleks Volkanovski rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jangda hakamlarning noto‘g‘ri qaror qabul qilganini ta’kidlamoqda. Bu haqda sportchi o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Hozirgina jangni qayta ko‘rib chiqdim. Ikkinchi, uchinchi va beshinchi raundlarda g‘alaba qozondim. Jang referisi qo‘limni yuqoriga ko‘tarmaganidan hayronman. Keling, istalgan joyda, istalgan vaqtda revansh jangini o‘tkazamiz”, deydi Volkanovski.

12 fevralga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida UFC 284 turnirida Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

Maxachev hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan avstraliyalikni mag‘lub etdi va birinchi marta o‘z chempionlik kamarini himoya qildi.

Islom Maxachev UFC'da umumiy 24 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etdi. Jangchining g‘alabali seriyasi 12 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing