Men 13 ming kilometr masofani bosib o‘tib, chempionni o‘z uyida mag‘lub etdim – Maxachev

Sport

image

Yengil vazn toifasida rossiyalik UFC chempioni Islom Maxachev vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilar reytingi(P4P)da ikkinchi o‘rinda qolganiga izoh berdi. 

Sportchining ta’kidlashicha, yangi UFC reytingida birinchi o‘rinni yaqindagina Maxachevga yutqazgan avstraliyalik Aleksandr Volkanovski saqlab qolgani tushunarsiz holat hisoblanadi.

“Men hech qachon adolat kutmaganman. Asosiysi, 13 ming kilometr masofani bosib o‘tib, chempionni o‘z uyida mag‘lub etdim va buni hamma ko‘rdi. Boshimni ko‘tarib, o‘zimga ishongan holda uyga kamar bilan qaytdim. UFC'ning yangi reytingidagi holat Rossiyaga dunyo davlatlarining munosabati bilan bog‘liqmi yoki yo‘q, bilmadim”, deydi Maxachev

Sportchining aytishicha, UFC reytingda o‘zgarish qilmagani taajjublanarli va tashkilot qarori Maxachevning kelgusi faoliyatiga ta’sir o‘tkazadi. 

“UFC reytingni tuzishda qanday hisoblash usulidan foydalangani menga qorong‘u”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevralga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida UFC 284 turnirida Islom Maxachev Aleksandr Volkanovski qarshi oktagonga ko‘tarilib hakamlar qaroriga muvofiq g‘alaba qozongandi. Jangdan so‘ng Aleks Volkanovski Maxachev bilan to‘qnashuvda hakamlar noto‘g‘ri qaror qabul qilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Maxachev Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing