Maxachev va Oliveyra o‘rtasida revansh jangi bo‘ladimi?

Sport

image

Braziliyalik sobiq chempion Charlz Oliveyra bugun, 11 iyun kuni UFC 289 musobaqasida amerikalik Benil Dariushni muddatidan avval mag‘lubiyatiga uchratdi. Bu orqali Oliveyra yengil vazn toifasida rossiyalik Islom Maxachevga tegishli bo‘lgan kamarga rasmiy da’vogarga aylandi.

Tashkilot prezidendi Dana Uayt ham mazkur to‘qnashuv shaxsan o‘zi va muxlislar uchun juda qiziq ekanini aytdi. Unga ko‘ra, Islom va Oliveyra o‘rtasida haligacha yechimini kutayotgan masala bor.

“Keling har xil o‘yinlar o‘ynashni to‘xtatamiz, bu jangni tashkil qilishdan ma’no bor. U bo‘lishi kerak va men ularni yana oktagonda ko‘rishdan xursand bo‘laman”, deydi Dana Uayt.

Ma’lumot uchun, Oliveyra va Islomning birinchi jangi 2022 yilning 23 oktyabr kuni UFC 280 musobaqasida bo‘lib o‘tgan. Unda rossiyalik birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ish usuli orqali Oliveyradan chempionlik kamarini tortib olgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Maxachev Olivey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing