Islom Maxachev Dog‘istonning oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev Dog‘iston sport vazirligining oliy mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni Maxachevga Dog‘iston rahbari Sergey Melikov topshirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Islom Maxachevga “Sali Sulaymon” medali va viloyat rahbarining maxsus sovg‘asi – soat topshirildi.

“Sizning g‘alabangiz bizning g‘alabamizdir. Muxlis sifatida ajoyib natija uchun sizga rahmat aytmoqchiman. Biz biroz xavotirda edik, ammo muvaffaqiyat qozonishingizga ishonchimiz komil edi”, deydi Melikov.

Maxachev 13 fevral kuni UFC 284 doirasida avstraliyalik Aleks Volkanovskini hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Maxachev antidoping qoidalarini buzgani uchun UFC'dan ikki yil muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Hozirda USADA (AQSH antidoping agentligi) Maxachev bilan bog‘liq holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing