Islom Maxachev ikki yil muddatga UFC’dan chetlatilishi mumkin

Sport

image

Yengil vazn toifasida rossiyalik UFC chempioni Islom Maxachev antidoping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Sportchi avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan jang oldidan tiklanish davrida tomchilatib taqiqlangan modda iste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. 

Hozirda UFC USADA (AQSH antidoping agentligi) bilan ishlamoqda, tashkilot qoidalariga ko‘ra, doping moddalari bo‘yicha taqiqini buzgan har qanday jangchi ikki yilgacha UFC’dan chetlatilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Maxachev UFC’da umumiy 25 ta jang o‘tkazgan va bahslarning 24 tasida g‘alaba qozongan. Bitta to‘qnashuvdv rossiyalik jangchi mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Maxachev vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilar reytingi(P4P)da ikkinchi o‘rinda qolganiga e’tiroz bildirgandi. P4P reytingida hamon Aleks Volkanovski yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing