Pore “nigohlar jangi”da Maxachev bilan janjallashdi (video)
Sport
−
31 may
74772 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan UFC 302 turnirining asosiy kardida jang qiladigan rossiyalik yengil vazn chempioni Islom Maxachev va amerikalik Dastin Pore birinchi “nigohlar jangi” paytida o‘zaro janjallashib ketdi.
Bunga Porening dog‘istonlik jangchini onasidan haqorat qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Hech kimni onasidan so‘kish kerak emas. Men seni hurmat qilaman”, degan Maxachev.
Qayd etish joiz, Islom Maxachev uchun bu uchinchi marta kamar himoyasi hisoblanadi. Bundan oldin u ikki marta yengil vazn chempionlik kamarini avstraliyalik Aleksandr Volkanovskidan himoya qilgan edi. UFC 302’dagi Pore bilan jang esa Maxachevning karerasidagi muhim jang bo‘lgani uchun sobiq chempion Habib Nurmuhammedov unga bu jangda sekundantlik qiladi.
Dastin “The Diamondʼʼ Pore bu jangi bilan umumiy hisobda uchinchi bor chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bundan oldin u Habib Nurmuhammedov va Charlz Oliveyra bilan yengil vaznda chempionlik kamari uchun jang qilgan va imkoniyatni boy bergan.
Xabibulloh Rayimov