Pore - Getji. Dastin trilogiyaga tayyor

Sport

image

Yengil vazndagi amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore hamyurti Jastin Getji bilan uchinchi jangini o‘tkazishga tayyor. Bu haqda sportchi o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

“Biz zudlik bilan oktagonga qaytishimiz kerak. Jastin va men – hisob hozircha 1:1, keling, Nyu-Orleanda uchinchi jangni o‘tkazamiz. Men birinchi jangni u tug‘ilgan joyida o‘tkazdim. Uchinchi jangni tashkil qiling”, deydi Pore.

Pore va Getji o‘rtasidagi birinchi jang Getjining vatani Arizonada bo‘lib o‘tgan va bahsda Pore g‘alaba qozongan. Sportchilarning ikkinchi jangi shu yilning 30 iyul kunida Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tdi va to‘qnashuvda Getjining qo‘li baland keldi. 

Pore UFC reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. Reytingda rossiyalik jangchi Islom Maxachev yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Getji 2-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Por'e Getji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing