UFC’da P4P reytingi yangilandi

Sport

image

UFC promousheni matbuot xizmati vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilar (pound-for-pond) yangilangan reytingini taqdim etdi. 

Ushbu reytingni nigeriyalik jangchi Kamaru Usman (20-1) boshqarib bormoqda. U 2021 yilda yarimog‘ir vazn toifasi chempionlik kamarini 3 marta muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Ikkinchi o‘rindan yarim yengil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski (23-1), uchinchi pog‘onadan esa o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya (21-1) joy olgan.

Superog‘ir vazn toifasi chempionlik kamarini munosib himoya qilgan Fransis Ngannu (17-3) 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, yengil vazn chempioni Charlz Oliveyra (32-8) kuchli beshlikka yakun yasab bergan.

Shuningdek, P4P reytingida Jon Jons (26-1), Maks Xollouey (23-6), Dastin Pore (28-7), Petr Yan (16-2) va Yan Blaxovich (28-9) eng yaxshi o‘n nafar jangchi qatorida e’tirof etilgan.   


Maqola muallifi

Teglar

UFC Por'e Usman Volkanovski P4P Ngannu Oliveyra Jons

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing