Konorga o‘rin yo‘q – Getji Makgregorning chempionlik jangi haqida
Sport
−
20 dekabr 2021
5657UFC yengil vazn toifasining 1-raqamli jangisi Jastin Getji irlandiyalik Konor Makgregorning chempionlik jangida ishtirok etishi haqida fikr bildirdi.
“Agar ular Konorga chempionlik jangida qatnashish huquqini berishsa, hammasi tugaydi. U yengil vazn toifasida 2016 yildan beri biror marta ham g‘alaba qozona olmadi. Men divizionda birinchi o‘rindaman. Reyting yangilaganini ko‘rdim. Endi men birinchi raqamliman. Bu juda yoqimli. Butun umrim davomida chempionlik uchun mehnat qildim. Yana nima qilishim kerakligini bilmayman”, deydi Getji.
Shuningdek, Jastin chempionlik jangida ishtirok etish uchun kimlar nomzod ekanini aytib o‘tdi:
“Juda ko‘p munosib nomzodlar bor. Masalan, Benil Dariush va Islom Maxachev men jang qiladigan yigitlardir. Ammo bu qatorda Konorga o‘rin yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan “notorius” o‘z qadrini yo‘qotadi”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile arena”da UFC 269 turnirining asosiy jangida yengil vazn toifasida Jahon chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyra (32-8) divizionning birinchi raqamli jangchisi amerikalik Dastin Poreni (28-7) mag‘lub etib, o‘z unvonini saqlab qolgan edi.
Ma’lumot uchun, Jastin so‘nggi bor UFC 268 turniri doirasida hamyurti Maykl Chendlerni hakamlarning qarori evaziga mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng, promoushen prezidenti Dana Uayt Getji chempion Charlz Oliveyra va Dastin Pore o‘rtasidagi chempionlik jangi g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.