Yirtqich hayvon – Rogan chempion Oliveyra haqida

Sport

image

Taniqli UFC sharhlovchisi Jo Rogan yengil vazn toifasi chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyra bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“U yirtqich hayvon, lekin odamlar bunday deb o‘ylamaydilar, chunki uning yutqazgan paytlari ham bo‘lgan. Pol Felder uni mag‘lub etdi, Kab Suonson uni nokaut qildi. Ammo hozir Oliveyra yaxshilandi va hamma u bilan hisob-kitob qilib olishi kerak. Charlz UFC'ga 20 yoshida o‘tgan. Oliveyra elitada o‘sdi va rivojlandi endilikda kamarni ushlab turishga imkon beradigan darajaga yetdi”, deydi Rogan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile arena”da UFC 269 turnirining asosiy jangida yengil vazn toifasida Jahon chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyra (32-8) divizionning birinchi raqamli jangchisi amerikalik Dastin Poreni (28-7) mag‘lub etib, o‘z unvonini saqlab qolgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh UFC Por'e Oliveyra Jo Rogan

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing