Armanning o‘rnini egallagan Moykano yoxud Maxachevga notanish raqib
Sport
−
18 yanvar
2617Toshkent vaqti bilan 19 yanvar tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida yilning ilk raqamli turniri UFC 311 bo‘lib o‘tadi. Musobaqa boshlanishiga 2 kun qolganida, yengil vazn toifasi chempionlikka da’vogar Arman Sarukyan kutilmaganda jarohat olganini va turnirda ishtirok etolmasligini ma’lum qildi. Promoushen rahbarlari shu zahoti Islom Maxachevga yangi raqib izlashga tushdi. Bu orada, Dastin Porega ham jang qilish taklifi berildi. Ammo Dastin tayyormasligini bildirdi. Dana Uayt esa, turnir kardidan raqib izladi. Yengil vazndagilardan Beneil Dariush va Renato Moykano variantidan braziliyalik jangchi Moykano Maxachevga yangi raqib etib tanlandi.
Nega aynan Moykano?
Dana Uayt ajoyib rahbar. U turnir markaziy jangini qo‘lidan kelganicha saqlab qolishga harakat qildi. Yuqorida aytilganidek, dastlab, sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porega yuzlandi. Amma Pore jangga tayyor emasdi. Turnir kardidan yengil vazndagilardan Beneil Dariush va Renato Moykano bor edi. Dariush avval Islam bilan jang qilgan va mag‘lub bo‘lgan, shu sabab Beneil bilan jang orqali muxlislarni hayron qoldirib bo‘lmasdi. Shu sabab, reytingda 10-o‘rinni qayd etib kelayotgan, ammo 4 ta jangdan iborat g‘alabali seriya ko‘rsatib kelayotgan Renato Moykano varianti ma’qul keldi. To‘g‘ri, Moykano har qanaqasiga yaqqol da’vogar bo‘lmagan. Ammo promoushenga Islom uchun yangi, notanish raqib kerak edi.
Yil apseti guvohi bo‘lamizmi yoxud Moykano Maxachevga nimalar taklif eta oladi?
Albatta, Renato professional faoliyatida umuman chempionlik jangiga taklif olmagan. Sababi, uning reytingdagi pozitsiyasi va qayd etib kelayotgan natijalari. U TOP raqiblarga qarshi o‘zini u qadar ko‘rsata olmagan va ko‘pincha nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. Misol uchun yetakchilar qatoriga intilayotgan ozarbayjonlik Rafael Fiziyev va sobiq chempion Rafael Dos Anos Moykanoni qiyinchiliksiz yutgan. Ammo aynan Dos Anosga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Renato o‘zini ancha tiklab oldi va ketma-ket 4 ta jangda g‘alaba qozondi. Raqiblar reytingda ildamlashga harakat qilayotgan, Bred Riddel, Jeylin Tyorner, Dryu Dober va Benua Sen Deni. Endi Maykanoning jang uslubiga to‘xtalib o‘tsak, braziliyalik sportchi qolgan hamyurtlari kabi jiu-jitsu bo‘yicha mukammal tajribaga ega. Bu degani u bemalol parterda Islom bilan bahslashish imkoniga ega deganidir. Ha, bu borada Maxachevni ortda qoldiradi demoqchi emasmiz, ammo yaxshigina qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga ega. Chunki, Renato g‘alabalarining yarmini og‘ritish, bo‘g‘ish uslubi orqali qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Moykanoda zarba kuchi ham ancha yuqori, ya’ni u raqiblarini kuchli zarbada ushlay oladi. Zero, oxirgi ikki jangida Tyorner va Sen Deni nokautga uchratilgan. Moykano oyoqda ham yaxshi zarbalar yo‘llay oladi, ammo uning asosiy kuchi baribir qo‘lda yo‘llanadigan zarbalar. Islomning uslubiga keladigan bo‘lsak, Maxachev so‘nggi yillarning eng kuchli kurash egasi. Habibdan keyin u parter borasida hech kimga imkon qoldirmadi. Eng zo‘ri deyilayotgan Oliveyrani bo‘g‘ib qo‘ydi. “Stoyka” bo‘yicha ham u oxirgi 4-5 yilda o‘zining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Tik turgan holda promoushenning eng zo‘rlaridan biri deb, topilayotgan Aleksandr Volkanovskini “xay-kik” bilan “uxlatib qo‘ydi”. Asosiy da’vogar Dastin Porega esa “gilotina” bo‘yicha master klass o‘tab berdi. Yuqorida sanab o‘tilgan faktorlarni hisobga olib, Maxachev – Moykano jangi muxlislarni zeriktirib qo‘ymaydi. Agar Maxachev ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, uning keyingi raqibi belidan jarohat olib turnirni tark etgan Arman Sarukyan bo‘ladi. Mobodo, Moykano g‘alaba qozonsachi, degan savolga esa, Islomga tezkor revansh jangi beriladi deya javob beramiz. Renato jangni o‘z tomoniga hal qiladigan bo‘lsa, so‘zsiz, yilning eng yirik apsetiga aylanadi. Sababi, Maxachev yo‘lidan chiqqan har bir raqibni yanchib tashlayotgandi.
Asosiy jangdagi o‘zgarishga qaramay, UFC 311 turniriga bo‘lgan qiziqishlar, kutilmalar o‘zgargani yo‘q. Aksincha, Islomga yangi, notanish raqib berilgani chempionlik jangining jarajasini saqlab qoldi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar