Sarukyan bilan jangda Maxachevga kim sekundantlik qiladi?
Sport
−
29 noyabr
3367Aralash yakkakurashning yengilmagan rossiyalik jangchisi Habib Nurmuhammedov va murabbiy Xaver Mendes ikkinchi yengil vaznda UFC chempioni Islom Maxachevga sekundantlik qiladi. Bu haqda Maxachev jamoasi TASS'ga ma’lum qildi.
18 yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan UFC 311 turnirida Maxachev Arman Sarukyanga qarshi jangda yana chempionlik kamarini himoya qilishi kutilmoqda.
“Habib va Xaver Islomning burchagida bo‘ladi. Jang 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, biz bunga rozi bo‘ldik. Los-Anjelesdagi turnirda Arman Sarukyanga qarshi jang bo‘lishi kutilmoqda”, deydi Maxachev jamoasi vakili.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Islom Maxachev hisobida MMA'da 26 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. U oxirgi jangini amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazib, sabmishn evaziga g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi