Maxachev va Volkanovski kerakli vaznni qayd etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Avstraliyaning Pert shahrida o‘tkaziladigan UFC 284 turniri oldidan vazn o‘lchash marosimi yakunlandi. Turnirning markaziy jangida Islom Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi birinchi yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qiladi.

Ikkala jangchi ham yengil vazn me’yorini bajara oldi. Rossiyalik jangchining vazni 70,3 kg, avstraliyalikniki 70,08 kilogramni tashkil etdi.

Shuningdek, UFC 284 turnirida Yair Rodriges va Josh Emmett yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik uchun kurashadi. Ikkala jangchi ham bir xil vazn ko‘rsatdi – 65,77 kg.

Turnir doirasida yengil vazn toifasida Zubayra Tuxugov debyutini o‘tkazishi kerak edi, ammo rossiyalik sportchi kerakli vaznga erisha olmadi.

UFC 284 vazn o‘lchash natijalari:

Asosiy kard

Islom Maxachev (70,3 kg) – Aleksandr Volkanovski (73,08), yengil vazn toifasidagi chempionlik jangi;

Yair Rodriges (65,77) – Josh Emmett (65,77), yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik jangi;

Jek Della Maddalena (77,56) – Rendi Braun (77,56), o‘rta vazn;

Jastin Tafa (120,6) – Parker Porter (119,7), o‘rta vazn;

Jimmi Krut (92,53) – Alonzo Moneyfild (93,44), yengil vazn toifasi.

Prelium kard:

Tayson Pedro (93,44) – Modestas Bukaukas (93,44), yengil vazn;

Joshua Kulibao (66,22) – Melsik Bagdasaryan (66,22), yengil vazn;

Shennon Ross (56,9) – Kleydson Rodriges (57,6), yengil vazn - (jangchi kerakli vaznni bajara olmadi. U raqibiga gonorarining 20-30 foizini beradi);

Jeymi Mullarki (70,3) – Fransisko Prado (70,08), yengil vazn;

Jek Jenkins (65,99) – Don Sheynis (66,22), o‘rta vazn.

Dastlabki kard:

Konklak Sufisara (52,4) – Elis Rid (52,4), ayollar minimal vazn;

Sheyn Yang (65,99) – Bleyk Bilder (66,22), o‘rta vazn;

Zubayra Tuxugov  (71,44) (jangchi kerakli vaznni bajara olmadi. U raqibiga gonorarining 20-30 foizini beradi); – Elvis Brener Oliveyra (70,53), yengil vazn.

 


Maqola muallifi

Teglar

Maxachev Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing